Ko`nglim siniqlarin bosib o`tding, Tovoning qonamadimi? Yuragim gunohini yuraging so`ramadimi? Meni ko`z yoshlarim yetaklab yurar endi. Salomga yaragan tiling xayrga yaramadimi? Salomga yaragan tiling xayrga yaramadimi? Yaramadimi? Qaniydi-qaniydi isming unutsam, Xotiramdan seni sug`urib otsam. Nahotki bizdan voz kechdi bu dunyo? Ko`zingni ko`rgani maxsharni kutsam.