Qizgʻaldogʻim, qirdan boʻlak koshonang yoʻq, Kokil yoysang, yerdan boʻlak toshoynang yoʻq, Oʻksib-oʻksib turganingda oʻzim borib, Peshonangdan oʻpay desam, peshonang yoʻq. Qizgʻaldogʻim, qirdan boʻlak koshonang yoʻq, Kokil yoysang, yerdan boʻlak toshoynang yoʻq, Oʻksib-oʻksib turganingda oʻzim borib, Peshonangdan oʻpay desam, peshonang yoʻq. Qizgʻaldogʻim, Sen ardogʻim, Ovunchogʻim, Qizgʻaldogʻim. Qizgʻaldogʻim, Sen ardogʻim, Ovunchogʻim, Qizgʻaldogʻim. Qadring bilgan, darding bilgan, ayt, kiming bor?.. Kelib-ketar bahor senga bevafo yor, Goʻzalsanki, senga bari gullar agʻyor, “Oh” ursang, bir ohing tinglar ostonang yoʻq.