Yulduz Usmonova Dadajon

Уақыт: 05:21


Файл түрі: mp3


Файл өлшемі: 12.26 МБ


Битрейт: 320 кбит/сек


O'ngdan keldi kalxatlarni ko'rgan tushim,
Uchdi-ketdi boshimdagi Xumo qushim.
Qolaverdim toshga urib yetim boshim.
Ketayotir otam fano karvonida,
Diydor qoldi endi mahshar maydonida.
Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qanday qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?
Endi belim bog'laganda xizmatiga,
Guldor-guldor ayvon qurib izzatiga.
G'animatim mindi egarsiz otiga.
Davlatshohim ketar fano karvonida,
Diydor qoldi endi mahshar maydonida.
Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qanday qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?
Bekasi yo'q bog' ham bir kun cho'lday bo'lar,
Egasi yo'q millat bir kun qulday bo'lar.

барлық әндер →

Ұқсас суретшілер