Длительность: 03:27
Тип файла: mp3
Размер файла: 7.91 МБ
Битрейт: 320 кбит/сек
Mana yana kech tushdi, yana xayol parishon, O`zboshimcha ko`ngil ko`zida yana yosh, ishon. Dard kishan soldi yana yuragim qo`llariga, Yolg`iz harakatlanmoqdaman qora “капюшон”da. Ha mayli, ha mayli, ha mayli, Man ila yoki o`zing baxtli bo`lsang bo`ldi, Layli. Azoblar chekdim sen tufayli, Shunchaki istamayman tugashin bizning ishq sayli. Axir yaqin do`stimdeksan san manga, Eng yoqtirgan rangim bu – saning ko`zlaringning rangi. Eskirgan usti-boshim bir san uchun edi yangi, Ikki karmonim quruq, ammo qizig`i yo`q sanga. Shuncha birga o`tgan yillar chekinar, Bir umrga ayrildim, deya g`amlar chekilar, Dardlar chekilar. Yuragim chilparchin bo`lsada, yor, sog`inchdan garchi, Endi hech qadam tashlamasman san tomon. Qoshi kamon, bo`l omon, Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom. (x2) G`amni aks etar nigohim, kayfiyatim yomon, O`sha kundan beri rangi-ro`yim xuddi somon. San tomon yetaklaydi bo`ysunmas oyoqlarim, Nima bo`lgan taqdirda ham, jonginam, bo`l omon.